• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda bo‘sh ish o‘rinlari soni kamaydi — Markaziy bank

    2024-yil aprel–iyun oylarida O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari oylik o‘rtacha 35,7 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank eʼlon qilgan mehnat bozori sharhida keltirilgan.

    Infografika: Markaziy bank

    Qayd etilishicha, joriy yil II choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni I chorak ko‘rsatkichlariga nisbatan 3 foizga kam bo‘lgan. Iyun oyida bo‘sh ish o‘rinlari sonining kamayishi mavsumiy, jumladan, o‘quv yilining tugashi va taʼtil mavsumining boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    “Bundan tashqari, iyun oyida o‘tgan oylardan qolgan bo‘sh ish o‘rinlari sonining kamayishi bo‘sh ish o‘rinlari nisbatan tez to‘ldirilgani va yangi vakansiyalarning eʼlon qilinmaganidan dalolat beradi”, deyiladi sharhda.

    Markaziy bank aholi ish qidirishi bo‘yicha onlayn kuzatish olib borgan. Natijalarga ko‘ra, II chorakda ish qidirish uchun ochiq veb–resurslarga tashrif buyuruvchilar bilan birga ko‘rishlar soni ham pasaygan.

    “So‘nggi oylarda ish izlash bo‘yicha so‘rovlar soni qisqarishda davom etdi. Iyun oyida ish qidirish uchun mo‘ljallangan veb–saytlarga tashrif buyuruvchilar soni qariyb 360 ming kishini tashkil etib, yil boshi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha ko‘rsatkichlardan biroz pastroq shakllandi”, deya qayd etgan regulyator.
    Infografika: Markaziy bank

    Aprel–iyun oylarida respublikada yakka tartibdagi tadbirkorlar soni I chorakka nisbatan 23 mingtaga (8,8 foiz) oshib, 287 ming kishini tashkil etgan. Yuqori o‘sish maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida (+21,3 foiz) qayd etilgan bo‘lib, chakana savdo sohasida tadbirkorlar sonining o‘sishi biroz sekinlashgan.

    O‘z-o‘zini band qilganlar soni barqaror o‘sishda davom etmoqda va iyun oyi oxiriga 3,55 million kishiga yetgan (I chorakdagidan 730 ming kishiga ko‘p). Ularning uchdan ikki qismi maishiy xizmat (41 foiz) va qishloq xo‘jaligi (26 foiz) sohalarida faoliyat yuritib, aprel–iyun oylarida umumiy o‘sishi 26,6 foizni tashkil etdi. Avtotransport vositalarini boshqarish sohasida o‘z–o‘zini band qilganlar soni 530 ming kishigacha (+36 ming kishi) oshdi.

    Ish haqi dinamikasi

    Markaziy bank tahliliga ko‘ra, oxirgi uch oyda mamlakatda ish haqining yillik nominal o‘sish surʼati 17,4 foizgacha, real o‘sish surʼati 7,7 foizgacha sekinlashdi.

    Biroq, joriy yil ko‘rsatkichlarida o‘tgan yilgi indeksatsiya taʼsirining saqlanib qolishi va o‘rtacha yillik inflyatsiyaning nisbatan pastligi tufayli ish haqining o‘sish surʼati biroz yuqoriligicha qolmoqda.

    “Xizmat ko‘rsatish sohasi, xususan, savdo (+24,6 foiz), transport (+20,6 foiz), aloqa va axborotlashtirish (+23,2 foiz) sohalarida ish haqi jadal o‘sishda davom etmoqda. Qurilish sohasida ish haqi o‘sishi o‘tgan yilning ikkinchi yarmidan sekinlashib bormoqda. Bu sohada ishchi kuchi taklifining oshishi asosiy omillardan bo‘lishi mumkin. Boshqa tarmoqlarda (sanoat, taʼlim, sog‘liqni saqlash) ish haqining o‘sishi o‘rtacha ko‘rsatkichlar doirasida qolmoqda”, deyiladi tahlilda.

    Transchegaraviy pul o‘tkazmalari dinamikasi va mehnat migrantlari oqimi

    Joriy yilning birinchi yarimida mamlakatga pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi 6,5 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga oshdi.

    Infografika: Markaziy bank
    “Pul o‘tkazmalarining sezilarli o‘sishi anʼanaviy migrant mamlakatlari valyutalarining nisbiy barqarorligi, ish haqining o‘sishi, aksariyat qabul qiluvchi mamlakatlarda iqtisodiy faollikning yuqoriligi, ishchi kuchiga doimiy talab va davom etayotgan geografik diversifikatsiya bilan taʼminlanmoqda”, deya qayd etgan Markaziy bank.

    Sharhda maʼlum qilinishicha, mehnat resurslariga tashqi talab ortib borayotgan bo‘lib, aprel–iyun oylarida 3,6 mingta yangi bo‘sh xorijiy ish o‘rinlari eʼlon qilingan.

    Bundan tashqari, Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya va Shveysariyadan maʼlum malakaga ega ishchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taklifi kengaymoqda.

    Mehnat migratsiyasi geografiyasining kengayishi va ishchi kuchining xalqaro diversifikatsiyasi natijasida AQSH (+43 foiz), Germaniya (+64 foiz), Polsha (+93 foiz) va Janubiy Koreyadan (+90 foiz) pul o‘tkazmalari hajmi sezilarli oshdi.

    29.07.2024, 19:25   Izoh (0)   5644
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda qaysi kasb egalari eng ko‘p oylik olmoqda?

    26.07.2024, 19:14

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida yuqori oylik to‘lanayotgani ochiqlandi 

    29.07.2024, 12:35

    O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari oshgani maʼlum qilindi 

    29.07.2024, 17:40

    “O‘zbekiston transport inqirozini barataraf etishi uchun 11 mlrd dollar kerak” — ekspert

    29.07.2024, 18:20

    O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlarining islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi 

    29.07.2024, 10:12

    UzAutoMotors eng so‘nggi Lacetti (Gentra) ishlab chiqarilganini maʼlum qildi 

    29.07.2024, 09:04
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiya bosh vaziri Samarqandga keladi

    O‘zbekiston | 26 may, 09:55

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

    Reklama | 26 may, 09:00

    Isroilning G‘azodagi maktabga hujumida 25 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 26 may, 09:49

    BAA O‘zbekiston va Qirg‘izistonga qarshi bahs uchun qaydnomasini ma’lum qildi (foto)

    Sport | 26 may, 09:39

    Toshkentda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik bo‘yicha 20 dan ortiq kelishuvlar imzolandi

    O‘zbekiston | 26 may, 09:27

    Kilian Mbappe “Oltin butsa” sovriniga ega chiqdi

    Sport | 26 may, 09:22

    Talabalarni birlashtirgan mega-loyiha

    O‘zbekiston | 26 may, 09:21

    Putindan intervyu olgan, Nyu York kanalizatsiyasini tozalagan: supermodel Naomi Kempbell haqida kutilmagan ma’lumotlar

    Shou-biznes | 26 may, 09:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.