O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda mintaqaviy tuzilmalar rahbarlari tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ular o‘z qutlovlarida O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmat bildirgan holda, tinchlik, farovonlik va ravnaq tilagan. Shuningdek, do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga qat’iy intilishlarini ta’kidlagan. Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
- Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev;
- Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov;
- Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon;
- Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
- Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
- Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
- Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev;
- Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
- Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on;
- Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
- BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
- BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
- BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri o‘rinbosari, prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
- BAA ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
- Kuvayt amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
- Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy;
- Qatar amiri o‘rinbosari Shayx Abdulloh bin Hamad bin Halif Ol Soniy;
- Ummon sultoni Haysam bin Toriq;
- Iordaniya podshohi Abdulla II;
- Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun;
- Falastin prezidenti Mahmud Abbos;
- Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
- Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
- Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;
- Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Majid Xon;
- Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Shuningdek, Qurbon hayiti munosabati bilan qutlovlar kelishda davom etmoqda.
Izoh (0)