• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan — Pensiya jamg‘armasi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga asoslanib, O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Pensiya jamg‘armasi bunga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Unda qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganish, tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish bosqichida turibdi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori (VMQ-600-son) asosida amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida pensiya ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlash bo‘yicha Ishchi guruhi tuzilgan. Ishchi guruhga Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasiga takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

    Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ham mahalliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda ushbu konsepsiya loyihasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish belgilangan.

    Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2024-yil dekabr oyida XVJ, Jahon banki, OTB, XMT ishtirokida Toshkent shahrida xalqaro seminar tashkil etilib, unda pensiya islohotlarining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

    2025-yilning 1-mayida Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ishlab chiqilgan takliflar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, pensiya tizimini aktuar baholash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. 12-may kuni Xalqaro maslahatchilar kengashi bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda Kengash tomonidan pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasi uchun taqdim etilgan tavsiyalar muhokama qilindi. 10-11-iyun kunlari Xalqaro pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar uyushmasi eksperti ishtirokida pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha tayyorlangan takliflar batafsil tahlil qilindi.

    Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi bo‘yicha takliflarda quyidagi asosiy vazifalarga e’tibor qaratilmoqda:

    • fuqarolarning pensiya bilan qamrovini oshirish;
    • ijtimoiy adolatni mustahkamlash;
    • keksalikda munosib pensiya bilan ta’minlash;
    • umr ko‘rish davomiyligini hisobga olish;
    • Pensiya jamg‘armasi byudjetini balanslashtirish;
    • aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash.

    Xalqaro ekspertlarning tavsiyalari nimalardan iborat?

    Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan hujjatlar – bu xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston hukumati uchun tayyorlangan tavsiya va maslahatlar to‘plamidir. Bu tavsiyalar yakuniy qaror emas, balki islohot yo‘nalishlarini belgilashda o‘rganilayotgan variantlardan biridir.

    XVJ, Jahon banki, OTB, XMTning umumiy tavsiyalari pensiya yoshini oshirish, ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar va muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibini bekor qilish, amaldagi eng yuqori 5 yillik ish haqidan pensiya hisoblash tartibi o‘rniga butun mehnat faoliyati davomidagi o‘rtacha ish haqidan kelib chiqib hisoblashga o‘tish, ijtimoiy badallar stavkalarini qayta ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlangan.

    Xalqaro maslahatchilar kengashi O‘zbekistondagi demografik o‘zgarishlarni hisobga olib, pensiya yoshini oshirish, fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimida ishtirokini ta’minlash, norasmiy bandlikni kamaytirish orqali pensiya tizimi qamrovini oshirish, bunda mehnat migrantlarini pensiya tizimiga jalb qilish uchun ular ishlayotgan mamlakatlar bilan ikki tomonlama ijtimoiy ta’minot shartnomalarini tuzish, pensiya tayinlashda ish haqining yuqori chegarasini oshirish, nodavlat pensiya jamg‘armalari joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

    Xalqaro pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar uyushmasi eksperti tomonidan ko‘p darajali pensiya tizimini joriy qilish, moslashuvchan pensiya yoshini kiritish, minimal pensiya talabini qayta ko‘rib chiqish, ijtimoiy soliqlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni bekor qilish yoki davlat byudjetidan subsidiya ajratish, fuqarolarni pensiya tizimida ishtirokini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar berilgan.

    Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmatining bildirishicha, hozirda ushbu tavsiyalarning barchasi Ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda. Ularning O‘zbekiston sharoitiga mosligi, aholining turmush darajasiga ta’siri tahlil qilinmoqda.

    “Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan”, deyiladi jamg‘arma xabarida.

    Bildirilishicha, pensiya tizimiga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar, jumladan, pensiya yoshiga oid masalalar ham, albatta, keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng, xalqning fikri va manfaatlari inobatga olingan holda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

    Ayni paytda O‘zbekistonda yoshga doir pensiya olish uchun erkaklar 60 yoshda, ayollar esa 55 yoshda bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, erkaklar uchun kamida 25 yil, ayollar uchun esa kamida 20 yil ish staji talab qilinadi. 

    26 iyun, 12:38   Izoh (0)   1980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga boradi

    26 iyun, 12:21

    Antikorrupsiya agentligi Qashqadaryo maktablariga ko‘mir yetkazish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderni noqonuniy deb topgandi. Ammo boshqarma o‘z bilganidan qolmayapti

    26 iyun, 12:06

    O‘zbekistonda bakalavriatga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum qilindi

    26 iyun, 11:31

    O‘zbekistonda “Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovi o‘tkaziladi  

    26 iyun, 10:53

    O‘zbekistonda biogazdan metan ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

    26 iyun, 09:27

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    25 iyun, 23:38
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    18 iyul, 09:25

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindorov musobaqaning chorak finalida mag‘lubiyatga uchradi

    Sport | 18 iyul, 10:59

    Koni foyda: qovun yeyish uchun 9 ta asosli sabab

    Maslahatlar | 18 iyul, 10:58

    Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 10:41

    Ukraina qurollarni sinash uchun o‘z frontini taklif qildi

    Dunyo | 18 iyul, 10:11

    O‘zbekistonga 859 dona zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 09:53

    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi

    Reklama | 18 iyul, 09:00

    AQSH generali: “NATO Kaliningradni misli ko‘rilmagan tezlikda egallashi mumkin”

    Dunyo | 18 iyul, 09:45

    Luis Dias qay holatda “Barselona”ga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 18 iyul, 09:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.