Soliq qo‘mitasi 100 milliard so‘mdan ortiq aylanma amalga oshirib, bir so‘m ham soliq to‘lanmagan korxonalar to‘g‘risida xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, 2025-yil iyun oyida ixtisoslashmagan ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan korxonalardan biri 111,5 milliard so‘m miqdorida har xil yuqori likvidli tovarlar sotgani to‘g‘risida elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirgan, ammo 12 milliard so‘mga yaqin soliq qarzini to‘lab bermagan. Ushbu yirik sotuv amalga oshirilgan vaqtda tadbirkorlik subyektining na ijarada yoki egaligida ko‘chmas mulki, na faol ishchilar soni mavjud bo‘lmagan.

Boshqa bir holatda esa 2022-yil iyun oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan korxona joriy yilning iyul—avgust oylarida egaligida ko‘chmas mulki ham, faol ishchilari mavjud bo‘lmay turib, 29,6 milliard so‘mlik oziq-ovqat, ehtiyot qismlar, qurilish mahsulotlari kabi mahsulotlar sotuvi bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan. Yuzaga kelgan 17 milliard so‘mlik soliq qarzi esa to‘lanmagan.
Qo‘mita ushbu holatlar yuzasidan bugunga qadar hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmaganini bildirdi.
Izoh (0)