• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent viloyati

    Yangioboddagi sobiq uran konida rekultivatsiya ishlari yakunlandi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent viloyatining Yangiobod hududidagi sobiq uran konida rekultivatsiya ishlari yakunlanganini ma’lum qildi.

    Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 

    Yangiobod—Toshkent viloyati, Angren shahri maydoniga tegishli joy bo‘lib, bu yer SSSR davrida maxfiy uran koni sifatida mashhur bo‘lgan. Angren shahar hokimligi matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi sobiq uran qazib olish obyektlarida rekultivatsiya ishlari olib borilgan ikkinchi mamlakatdir. 

    Ekologiya vazirligining ma’lum qilishicha, Yangiobod obyektidagi ishlar 2024-yil fevral oyidan boshlangan. Bunda hududda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari va tegishli tashkilotlar bilan maslahatlashilgan. Bugungi kunga qadar rekultivatsiya qilingan maydonlar geodezik tasvirga olingan, 850 metr uzunlikdagi kirish yo‘llari qurilgan, obyektning barcha uchastkasida beton va g‘isht qurilmalari hamda temir-beton konstruksiyalari buzilib, zararlangan beton qoldiqlarini yo‘q qilish uchun saqlash joyi (poligon) barpo qilingan.

    Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 

    O‘rganish davomida, shuningdek, hududda yer usti suvlarini drenajlash tizimi qurilgani, shaxta va shtolnya (konchilikda foydalanish uchun yer yuzasiga chiqish yo‘li bo‘lgan, gorizontal yoki qiya qazilgan kon inshooti) yopilgani, shaxta drenajlarini infiltratsiya (suyuqlik yoki gazning g‘ovak, yoriq va boshqa kichik bo‘shliqlar orqali qattiq jins yoki tuproqqa kirib borishi) qilish uchun transheya (kerakli uzunlikda qazilgan chuqurlik) hosil qilingani, ko‘milgan qoldiqlar va yuvilgan rudalar ustiga qoplama o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.

    Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 

    Qolaversa, uchastkalar bo‘ylab daryo qirg‘oqlari himoya choralari bilan ta’minlangan, zararlangan qatlam ustiga himoya qatlami yotqizilgan, shtolnyadan chiqayotgan chiqindi suv uchun diametri 1000 mm bo‘lgan polipropilen quvurlar yotqizilgan.

    Bundan tashqari, uran konlarini zararsizlantirishda samarali ishlar amalga oshirilganligi, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik choralariga amal qilinayotgani alohida ta’kidlandi.

    YTTB bilan Toshkent viloyatidagi Yangiobod va Namangan viloyatidagi Chorkesar-2 uran konlari obyektlarini rekultivatsiya qilish to‘g‘risida qiymati 9 million yevro bo‘lgan grant bitimi imzolangan. Bu loyiha Yangiobod va Chorkesar hududlaridagi radioaktiv nurlanishni yo‘qotib, xavfsiz hududga aylantirish va bu orqali aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu loyiha doirasida Chorkesar-2 sobiq uran konida rekultivatsiya ishlari 2024-yil avgust oyida yakunlangan bo‘lib, barcha kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

    Rekultivatsiya — foydali qazilmalarni qazib olish, suv inshootlari qurish, shaharlar qurilishi va boshqa sabablarga ko‘ra foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan yerlarni qayta tiklash, atrof muhit sharoitlarini, ekologik holatlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui.

    10 avgust, 21:15   Izoh (0)   1070
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
    Audio Icon

    Otib ketilgan yoki zaharlangan – XXI asrda Rossiyada shubhali tarzda halok bo‘lgan yoki o‘ldirilgan taniqli shaxslar

    13 avgust, 11:35

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tolibon” ayollarning burqasiz ko‘chaga chiqishini taqiqladi

    Dunyo | 13 avgust, 12:10

    Andijon aeroportida xalqaro reyslarni qabul qilish tiklandi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 12:04

    Meksika kartellarga aloqador 26 nafar mahbusni AQSHga ekstraditsiya qildi

    Dunyo | 13 avgust, 11:48

    “Real Madrid” La Liga doirasidagi “Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvi AQSHda o‘tkazilishiga qarshi chiqdi

    Sport | 13 avgust, 11:47

    Otib ketilgan yoki zaharlangan – XXI asrda Rossiyada shubhali tarzda halok bo‘lgan yoki o‘ldirilgan taniqli shaxslar

    Dunyo | 13 avgust, 11:35

    O‘zbekistonda 14-avgustdan havo sezilarli salqinlashadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 11:08

    Ozarbayjon MDH yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

    Dunyo | 13 avgust, 10:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.