Rossiyalik tadbirkor, Telegram asoschisi Pavel Durov “o‘z salohiyatini to‘liq ochib, ongini tiniq saqlash”ni istaganlarga qaramlikni keltirib chiqaradigan moddalardan tiyilishni tavsiya qildi. U bu haqida o‘z Telegram kanalida e’lon qildi.
“Mening muvaffaqiyatim va salomatligim 20 yildan ortiq vaqt davomida spirtli ichimliklar, tamaki, qahva, tabletkalar va giyohvand moddalardan butunlay voz kechganimning natijasidir. Qisqa muddatli lazzat sizning kelajagingizga arzimaydi”, ta’kidladi tadbirkor.
Durov 33 yoshga to‘lgan kunida yozgan postiga ham to‘xtalib o‘tgan. Shunda tadbirkor o‘zi tiyilgan yettita narsani sanab o‘tdi.
Avvalroq Pavel Durov amerikalik reper Snoop Dogg’ning farzand ko‘rishni sekinlashtirish haqidagi maslahatiga javob bergan edi. Tadbirkor “Dogg’ni tushunish uchun o‘zingiz ham Dogg bo‘lishingiz kerak" deb aytib, o‘ziga hazil qilgan reperga Telegram’ga o‘tishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram’da “maxfiylik eng muhim narsa” hisoblanadi.
Izoh (0)