Madridning “Real” klubi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtirokini yirik moliyaviy foyda bilan yakunladi. Xabi Alonsoning shogirdlari musobaqaning yarim final bosqichigacha yetib bordi, biroq bu pallada “Pari Sen-Jermen”ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Garchi “qirollik klubi”ning asosiy maqsadi — chempionlikni qo‘lga kiritish bo‘lgan bo‘lsa-da, moliyaviy nuqtayi nazardan bu ishtirok klub uchun katta foyda keltirdi. Madrid Zone nashrining xabariga ko‘ra, “Real” Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtiroki evaziga umumiy hisobda 93 million dollar (taxminan 80 million yevro) miqdorida mukofot puli ishlab topgan.
Manbada qayd etilishicha, “Real” g‘oliblikni qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa-da, bu daromad klubning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati final bahsida Parijning “PSJ” jamoasi Londonning “Chelsi” klubiga qarshi maydonga tushadi. Hal qiluvchi o‘yin 13-iyuldan 14-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)