Daryo

“Daryo” dayjesti: 22-mayning eng muhim xabarlari

“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

3 daqiqa o‘qish9 612 ko‘rishlar0 izoh0

Sobiq MXX binosi hududidagi daraxtlar boshqa hududga ko‘chirib o‘tqazilayotganligi, “suyunchi puli” tayinlash tizimining o‘zgarishi, haj ziyoratiga sayyohlik firmalari orqali yuborishni vaʼda qilgan shaxslarning qo‘lga olinishi — “Daryo” nashri bugun, 22-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga harakatlanuvchi poyezdlar 20 kun davomida “Janubiy” vokzaldan qatnaydi

Bunga Toshkent-Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi sabab bo‘lmoqda.

Toshkent aeroportida avtomobillarni ijaraga olish nuqtasi ochildi

Avtomobilni ijaraga olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat va haydovchilik guvohnomasi taqdim etishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda 2-chorakda 8,12 mlrd dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi

Ushbu mablag‘larning 7,27 mlrd dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlardir.

O‘zbekiston toshqindan jabrlangan afg‘on xalqiga gumanitar yordam yubordi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, o‘simlik yog‘i, konserva, makaron mahsulotlari, shuningdek, maxsus qurilmali chodir va suv saqlash idishlari o‘rin olgan.

DXX haj ziyoratiga sayyohlik firmalari orqali yuborishni va’da qilgan shaxslarni qo‘lga oldi

Ular o‘z xizmatlari evaziga 9,5 ming dollardan 30 ming dollargacha pul talab qilgan.

Samarqandda spirtli ichimlik ichgan 70 yoshli erkak Nexia’da o‘quvchi qizni urib yubordi

Haydovchi avval ham spirtli ichimlik ichib, mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan.

O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi

Saida Mirziyoyeva bu har bir inson birinchi navbatda o‘z salomatligi haqida qayg‘uradigan jamiyat tomon qo‘yiladigan muhim qadam ekanini aytdi.

Antikorrupsiya agentligi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hamda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi BYD HAN sotib olgani yuzasidan izoh berdi 

Telegram kanallarda ushbu tashkilotlar qariyb 630 mln so‘mga avtomobil xarid qilayotgani aytilgandi.

O‘zbekistonda “suyunchi puli” tayinlash tizimi o‘zgardi: yangi tartib qanday ishlaydi?

Hozirda “suyunchi puli” tayinlash 4 bosqichda amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

Jamg‘arma mablag‘lari mahalla tizimini rivojlantirish uchun sarflanadi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni oshiriladi

Parvozlar sonini har bir tomondan 50 tagacha ko‘paytirishga kelishildi.

O‘zbekistonning 4 oylik eksporti tarkibida oltin ulushi 40 foizdan ortiq bo‘ldi

Yanvar–aprel oylarida 8,5 mlrd dollarlik tovarlar eksport qilingan. Shundan 3,42 mlrd dollari oltindan kelgan.

O‘zbekistonda tez buziladigan meva-sabzavotlar uchun bojxonada alohida yo‘laklar tashkil etiladi

Bunday mahsulotlar ortilgan yuk mashinalariga maxsus farqlash belgisi o‘rnatish tavsiya qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi parlamentlararo hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.

O‘zbekistonda inflyatsiya ko‘tarildi. Bozorlarda narxlar qanday o‘zgarmoqda?

Ko‘plab mahsulotlar va xizmatlar narxlari qimmatlashdi.

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga yangi rektor tayinlandi

Nodirbek Sayfullayev tayinlovga qadar Prezident administratsiyasi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish sho‘basi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSH davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Amerika tomoni OAV va so‘z erkinligini taʼminlash borasida O‘zbekistonda olib borilayotgan saʼy-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Islom Karimovga tegishli avtomobil sotuvga qo‘yilgani inkor etildi 

Mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligi maʼlum bo‘ldi.

Sobiq MXX binosi hududidagi daraxtlar boshqa hududga ko‘chirib o‘tqazilayotganligi maʼlum qilindi

Ayni damda 14 ta eman daraxti ko‘chirib o‘tqazildi. Qolgan 12 ta daraxtni ham ko‘chirish jarayoni ketmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar