Daryo

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni oshiriladi

Parvozlar sonini har bir tomondan 50 tagacha ko‘paytirishga kelishildi

1 daqiqa o‘qish4 474 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni oshiriladi. Bu haqda “O‘zaviatsiya” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zaviatsiya”

Ma’lum qilinishicha, FAF 2024 (Future aviation forum) tadbiri doirasida “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni podshohligi aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlaridan Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam parvozlar soni har bir tomondan 50 tagacha ko‘paytirishga kelishib olindi va erishilgan kelishuvlarni tasdiqlash maqsadida memorandum imzolandi.

Qayd etilishicha, memorandum O‘zbekistondan haj va umra tadbirlariga boradigan ziyoratchilar hamda “Umra plyus” dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek, O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar