• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda “suyunchi puli” tayinlash tizimi o‘zgardi: yangi tartib qanday ishlaydi?

    Hukumatning 2024-yil 5-martdagi qarori bilan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“suyunchi puli”) tayinlash tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Xo‘sh, yangi tartib qanday yo‘lga qo‘yildi? 

    Foto: “Daryo”

    Eski va yangi tartib

    2024-yil 1-yanvardan nafaqa va moddiy yordam mablag‘larini tayinlash hamda to‘lash vakolati Ijtimoiy himoya milliy agentligiga berildi. O‘tgan yillarda bu vakolat Pensiya jamg‘armasida bo‘lib, “suyunchi puli” tayinlash tartibi fuqaro murojaatisiz, avtomatik tarzda amalga oshirilardi. Yaʼni, bola tug‘ilganda u haqidagi maʼlumotlar tug‘uruqxona tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan. Jamg‘arma o‘sha maʼlumotlar asosida nafaqani to‘g‘ridan to‘g‘ri tayinlab kelgan.

    Yangi tartibga ko‘ra, “suyunchi puli”ni tayinlash to‘rt bosqichda, bola tug‘ilgandan boshlab olti oy muddat ichida amalga oshiriladi.

    Dastlab, fuqaro Davlat xizmatlari markaziga (DXM) borgan holda yangi tug‘ilgan farzandiga bir marta beriladigan nafaqa tayinlashni so‘rab ariza yozadi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi va maxsus so‘rovnomani to‘ldiradi. Ikkinchi bosqichda to‘ldirilgan so‘rovnomani elektron shaklda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yuboradi.

    Uchinchi bosqichda agentlik so‘rovnomaga asosan, nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish bo‘yicha qaror qabul qiladi va bu haqdagi maʼlumotni DXM yoki YIDXPga onlayn yuboradi.

    To‘rtinchi bosqichda DXM ariza beruvchiga yangi tug‘ilgan bola uchun nafaqa tayinlangan yoki tayinlanmagani bo‘yicha xabar yetkazadi. Agar “suyunchi puli” tayinlash rad etilsa, sabablari keltiriladi. Nafaqa puli tayinlansa, uni qachon va qayerdan olish mumkinligi to‘g‘risida maʼlumot beriladi.

    Nafaqa tayinlangan taqdirda ota yoki ona bola tug‘ilgandan boshlab 1 oy muddat ichida “suyunchi puli” olish uchun (shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan) “Xalq banki”ning istalgan filialiga boradi. 

    Yana bir yangi tartib 

    Hukumat qarori bilan 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzandi uchun barcha ayollarga to‘lanadi.

    Ikkinchi farzandi uchun esa farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning aʼzosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi. Qolgan barcha holatlarda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi.

    “Suyunchi puli” miqdori qancha?

    Hozirda bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori 738 150 so‘m. Bu hisob qonunchilikka asosan, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foiziga teng. Ayni paytda respublikada mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 million 50 ming so‘m.

    Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Pensiya jamg‘armasi nafaqa tayinlash va to‘lash jarayonlari osonlashtirilgani natijasida “suyunchi puli” oluvchilar soni ko‘payib borayotganini xabar qilgandi. Masalan, O‘zbekistonda 2022-yilda tug‘ilgan bolalar soni 932,2 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 922,4 ming nafariga (98,9 foiz) “suyunchi puli” to‘lab berilgan.

    Taqqoslash uchun, 2018-yilda tug‘ilgan bolalar soni 768,5 ming nafarni tashkil etib, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani olish uchun 681,7 ming (88,7 foiz) fuqaro murojaat qilgan.

    Joriy yildan kam ta’minlanmagan oilalarda tug‘ilgan ikkinchi farzand uchun “suyunchi puli” berilmasligi hisobiga bir martalik nafaqa tayinlashlar ulushi sezilarli kamayishi mumkin.

    22.05.2024, 12:48   Izoh (0)   211786
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam: kimlarga, qancha to‘lanadi?

    17.05.2024, 11:45

    O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun qaysi davlatlarga ko‘proq ko‘chib ketayotgani maʼlum qilindi

    17.05.2024, 17:52

    O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaydi

    18.05.2024, 15:25

    O‘zbekiston neft va gaz importi hajmini keskin oshirdi

    21.05.2024, 17:25

    O‘zbekistonning iqtisodiy holati ma’lum qilindi 

    20.05.2024, 21:10

    “Bu yil O‘zbekistonda islomiy moliya tizimini joriy etishga oid qonun loyihasi parlament muhokamasiga qo‘yiladi” — Behzod Hamrayev

    20.05.2024, 15:40
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anjelina Joli sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittdan yarashishni iltimos qilmoqda

    Layfstayl | 30 may, 18:55

    Toshkentda parvoz vaqti styuardessaga tegajog‘lik qilgan erkakka chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 18:45

    Rossiyalik deputat o‘zbeklarning Sibirdagi tarixiy yerlariga bo‘lgan haqqini tan oldi

    Dunyo | 30 may, 18:37

    Britaniyalik ayol aqlli tish cho‘tkasi yordamida erining xiyonatini fosh qildi

    Layfstayl | 30 may, 18:20

    Mashhur film va seriallardagi eng esda qolarli to‘y sahnalari

    Layfstayl | 30 may, 17:59

    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

    Reklama | 30 may, 16:30

    Turkmaniston Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi

    Dunyo | 30 may, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.