Daryo

O‘zbekiston toshqindan jabrlangan afg‘on xalqiga gumanitar yordam yubordi 

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, o‘simlik yog‘i, konserva, makaron mahsulotlari, shuningdek, maxsus qurilmali chodir va suv saqlash idishlari o‘rin olgan

1 daqiqa o‘qish13 140 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Afg‘onistonda sel-suv toshqinlarida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami jo‘natdi. Bu haqda 21-may kuni Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Ma’lum qilinishicha, insonparvarlik yuklari karvoni prezident topshirig‘iga asosan, Afg‘onistonda kuzatilgan sel-suv toshqinlarida zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularni zarur vositalar hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali Balx viloyatiga yetkazildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 22 tonna guruch, 100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari, 25 ming litr o‘simlik yog‘i, 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon, shuningdek, 10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir va 1 000 litrli 96 ta suv saqlash idishlari o‘rin olgan.

Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Afg‘onistonning Balx viloyati rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Afg‘oniston tomoni vakillari Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqiga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun o‘z minnatdorlik bildirdi.

BMT Jahon oziq-ovqat dasturiga ko‘ra, Afg‘onistonda kuchli mavsumiy yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat vakillari qurbonlar soni oshishi mumkinligini bildirgan.

25-aprel kuni O‘zbekistondan afg‘on xalqiga 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami jo‘natgandi. Undan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgandi.

185 tonnadan ortiq zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan insonparvarlik yordamini jo‘natgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar