Daryo

O‘zbekistonda tez buziladigan meva-sabzavotlar uchun bojxonada alohida yo‘laklar tashkil etiladi

Bunday mahsulotlar ortilgan yuk mashinalariga maxsus farqlash belgisi o‘rnatish tavsiya qilindi

1 daqiqa o‘qish9 174 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda tez buziladigan meva-sabzavotlarni eksport qilishda bojxonada alohida yo‘laklar tashkil etiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ustuvor tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish uchun maxsus belgilar bilan jihozlangan alohida yo‘laklar tovar va transport vositalari harakati yuqori bo‘lgan yirik chegara-bojxona postlarida tashkil etiladi.

Bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari (piyoz, karam, gilos, o‘rik va boshqalar) ortilgan transport vositalarini ushbu yo‘laklarga yo‘naltirishda ustuvorlik taʼminlanadi.

Eksportga yo‘naltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari ortilgan transport vositalariga xalqaro standartlarga mos bo‘lgan farqlash belgisini (avtotransport vositasining old oyna o‘ng tomoniga) o‘rnatish tavsiya qilinadi.

“Bu chegara-bojxona postlarida ushbu transport vositalarini alohida yo‘lakka yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi”, — deyiladi xabarda. 

Bundan bir necha kun avval Sirdaryo, Yallama va Najimov chegara-bojxona postlarining O‘zbekiston bilan chegaradosh tomonida tirbandliklar mavjudligi, ichi to‘la meva bo‘lgan furalar 2 kundan beri chiqarilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bojxona qo‘mitasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chegara-bojxona postlarida navbatsiz rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilganini bildirgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar