Daryo

Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSH davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Amerika tomoni OAV va so‘z erkinligini taʼminlash borasida O‘zbekistonda olib borilayotgan saʼy-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

1 daqiqa o‘qish9 057 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva hamda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Maʼlum qilinishicha, Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligini taʼminlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida O‘zbekistonda olib borilayotgan saʼy-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Avvalroq Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar