Daryo

“Daryo” dayjesti: 21-mayning eng muhim xabarlari

“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

2 daqiqa o‘qish9 340 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyevning Eron prezidenti vafoti munosabati bilan elchixonada hamdardlik bildirishi, “Dolzarb 40 kunlik”da qo‘lga olingan yana uch kishiga sud hukmi o‘qilishi, Toshkentda 6 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatilishi mumkinligi maʼlum qilinishi — “Daryo” nashri bugun, 21-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” vaqtincha yopildi

Bunga majmua hududida kichik taʼmirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda yashil obligatsiyalarni muomalaga kiritish tartibi ishlab chiqildi

Hujjat loyihasini ishlab chiqishda Yevropa Ittifoqining qator davlatlari tajribalari o‘rganilgan.

Buxoroda yo‘lni to‘sib qo‘ygan to‘y korteji ishtirokchilariga chora ko‘rildi

Kortejda ishtirok etgan har bir transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.

Farg‘onada 270 dona mobil telefonni noqonuniy olib ketayotgan Cobalt to‘xtatib qolindi (video)

Bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan telefonlarning qiymati 367 mln so‘mni tashkil etadi.

Yunusobodda niqob taqqan holda daraxt kesgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi

Aybdorlardan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 27 mln 880 ming so‘m jarima undirib olingan.

Sirdaryoda ruhiy nosog‘lom ayolni mazax qilgan xodimlar jarimaga tortildi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari yakunlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti vafoti munosabati bilan elchixonada hamdardlik bildirdi (foto)

Davlat rahbari hamdardlik kitobiga ta’ziya va taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.

“Dok-1 Maks” ishini ko‘rayotgan apellyatsiya instansiyasi sudni prokurorsiz davom ettirdi. Bu jamoatchilikka ochiqlangach, prokuror sud zaliga qaytdi 

Sudlanuvchi u sud himoyasiga olinishi kerakligini, sud zalidan chiqqach, karterga qamab qo‘yishlaridan qo‘rqishini ta’kidladi.

“Dolzarb 40 kunlik”da qo‘lga olingan yana uch kishiga sud hukmi o‘qildi 

Kriminogen vaziyatni yaxshilash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlangan.

O‘zbekiston fuqarolari uchun bu yilgi haj kvotasi ma’lum bo‘ldi 

Haj amallarini bajarish uchun ziyoratchida “Haj-2024” vizasi bo‘lishi shart.

O‘zbekiston neft va gaz importi hajmini keskin oshirdi

Elektr toki importi ham o‘tgan yildagidan sezilarli ko‘paygan.

Toshkentda 6 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatilishi mumkinligi ma’lum qilindi

Sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan zilzila o‘choqlarining seysmik xavfi baholanadi.

Gambiya hukumati “Dok-1 Maks” sabab 69 nafar bola vafot etgani uchun hindistonlik ishlab chiqaruvchilarni sudga bergani aytilmoqda

“Nahotki biz atigi 1,3 million nafar aholisi bo‘lgan Gambiya davlatichalik bo‘lolmaymiz?” — dedi advokat.

O‘zbekiston delegatsiyasi Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida qatnashadi

Delegatsiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.

Poytaxt yo‘l xaritasi: Xitoy quyosh panellarini o‘rnatadi, Rossiya logistika markazi, Ozarbayjon esa besh yulduzli mehmonxona quradi

Toshkent shahar hokimligi III Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida erishilgan investitsiya bitimlari va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini ma’lum qildi.

Toshkentda 2024-yilda davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar