Daryo

O‘zbekiston delegatsiyasi Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida qatnashadi

Delegatsiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi

1 daqiqa o‘qish17 858 ko‘rishlar0 izoh0

Eron poytaxti Tehron shahrida 22-may kuni bo‘lib o‘tadigan marhum Prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, delegatsiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokat natijasida halok bo‘ldi. Mamlakat shimoli-g‘arbida Eron prezidenti va tashqi ishlar vaziri bo‘lgan vertolyot halokatga uchragandi.

Kuchli tuman va tog‘li hudud tufayli halokatga uchragan vertolyotni qidirish 10 soatdan ortiq davom etgan. Mutaxassislar fikricha, falokat texnik nosozlik yoki inson omili tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Raisiy vafoti munosabati bilan Eronda besh kunlik motam e’lon qilingan. Eron prezidentining dafn marosimi 23-may kuni Mashhad shahrida bo‘lib o‘tadi. Muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28-iyunga belgilangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar