Daryo

Buxoroda yo‘lni to‘sib qo‘ygan to‘y korteji ishtirokchilariga chora ko‘rildi

Kortejda ishtirok etgan har bir transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan

1 daqiqa o‘qish10 292 ko‘rishlar1 izoh0

Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumanida avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yib, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit bergan to‘y korteji ishtirokchilari yuzasidan ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda 11-may kuni G‘ijduvon tumanida to‘y kortejini tashkil qilgan bir guruh yoshlar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilgan va qoidabuzar haydovchilarga chora ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu to‘y kortejida ishtirok etgan barcha transport vositalari topilgan va ular jarima maydoniga joylashtirilgan. Haydovchilarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istondagi to‘yda tanasini mashinadan chiqarib tasvirga olgan operatorlar va haydovchi jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Andijonda 20 yoshli qiz mashinadan tanasini chiqarib harakatlangani, Samarqandda harakatlanayotgan Gentra’dan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar