Daryo

Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” vaqtincha yopildi

Bunga majmua hududida kichik taʼmirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish8 290 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi 20-may kunidan boshlab yopildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi maʼmuriyati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, bog‘da yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida kichik taʼmirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 20-may kunidan qisqa muddatga “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik to‘xtatilgan.

G‘alaba bog‘i 2022-yil aprel oyida ham “ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi” sabab 24 kunga yopilgan.

Mazkur bog‘ qurilishi prezident tashabbusi hisoblanadi. U 2018-yil kuzida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bog‘ qurish taklifini ilgari surgan edi.

Bu bog‘ xalqimizning G‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettirishi, otalarimiz va bobolarimiz qahramonligini abadiylashtirishi kerak, — deya ta’kidlagan edi davlat rahbari.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar