Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 23-qavatdan tushib ketdi 

Marhum binoning fasad konstruksiyalarini montaj qilayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish7 132 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak 23-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Illyustrativ foto:Pixabay

Ma’lum qilinishicha, hodisa 5-aprel kuni Tipanov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Erkak binoning fasad konstruksiyalarini montaj qilish ishlarini bajarayotganda 23-qavatdan tushib ketgan. Marhum 67 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.

Montajchi xavfli ishlarni bajarish uchun tegishli malakaga ega bo‘lmagani aytilmoqda. Shuningdek, unda xavfsizlik kamari bo‘lmagan. Hodisa tafsilotlari Tergov qo‘mitasi va Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan aniqlanmoqda.

O‘zbekistonliklarning qurilishda halok bo‘lishiga oid so‘nggi holatlar

Yuqoridagi hodisa Rossiyada qurilish va ta’mirlash vaqti o‘zbekistonliklar bilan sodir bo‘lgan birinchi holat emas. Jumladan, 13-yanvar kuni Sankt-Peterburg shahri Primorskiy tumanida o‘zbekistonlik quruvchi 16-qavatdan tushib ketgandi. 30 yoshli o‘zbekistonlik armaturachi hodisa oqibatida halok bo‘lgan.

26-noyabr kuni yana Sankt-Peterburg shahri Murom ko‘chasida qurilish vaqti O‘zbekiston fuqarosi tomdan tushib ketgan. Marhum o‘zbekistonlik 47 yoshli muhojir bo‘lib, qurilish kompaniyasiga montajchi bo‘lib ishga kirgan. 

22-noyabr kuni Leningrad viloyatida 20 yoshli o‘zbekistonlik ishchi qurilish maydonchasida ventilyatsiya teshigiga tushib ketib halok bo‘lgan. 3-noyabr kuni Leningrad viloyatida 19 yoshli o‘zbekistonlik quruvchi to‘qqizinchi qavatdan tushib vafot etgandi.

28-fevral kuni Sankt-Peterburg shahridagi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi. Quruvchi ekskavator ishdan chiqqach, uni o‘zi ta’mirlashga uringan. Biroq ekskavator kovshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning ustiga tushib ketgan. O‘zbekistonlik migrant olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Uning jasadi o‘likxonaga yuborilgan, huquq-tartibot idoralari tekshiruv o‘tkazmoqda.

19-fevral kuni Sankt-Peterburg shahri Moskva tumanidagi qurilishda o‘zbekistonlik 24 yoshli ishchi demontaj qilayotganida 3,5 metrdan ortiq balandlikdan yiqilib, vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga ishchining xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan Tergov qo‘mitasi va Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshiruvlar tashkil etilgan

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar