Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik quruvchi 16-qavatdan tushib ketdi

Marhumning jasadi o‘lim sababini aniqlash uchun o‘likxonaga yuborildi

1 daqiqa o‘qish12 884 ko‘rishlar0 izoh1

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Primorskiy tumanida o‘zbekistonlik quruvchi 16-qavatdan tushib ketdi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

13-yanvar kuni “Stroymaster” MCHJ uchastkasining 31 yoshli boshlig‘i holat yuzasidan xabar bergan. U “Kvartal 35” turar joy majmuasi qurilish maydonida qattiq ovoz eshitgani, prorabxonadan chiqib, hodisa joyiga yaqinlashganda jasadni topganini aytgan. Marhum 16-qavatdan yiqilib tushgan qurilish ishchisi —30 yoshli o‘zbekistonlik armaturachi bo‘lgan.

Murda o‘lim sababini aniqlash uchun o‘likxonaga yuborilgan. Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasi hal etilmoqda.

O‘zbekistonliklarning qurilishda halok bo‘lishiga oid so‘nggi holatlar:

  • 26-noyabr kuni Sankt-Peterburg shahri Murom ko‘chasida qurilish vaqti O‘zbekiston fuqarosi tomdan tushib ketdi. Marhum o‘zbekistonlik 47 yoshli muhojir bo‘lib, qurilish kompaniyasiga montajchi bo‘lib ishga kirgan. Qurilish maydonida ishlayotganida unda himoya vositasi bo‘lmagan.
  • 22-noyabr kuni Leningrad viloyatida 20 yoshli o‘zbekistonlik ishchi qurilish maydonchasida ventilyatsiya teshigiga tushib ketib halok bo‘ldi. 
  • 3-noyabr kuni Leningrad viloyatida 19 yoshli o‘zbekistonlik quruvchi to‘qqizinchi qavatdan tushib halok bo‘lgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar