Daryo

Peterburgdagi restoranda o‘zbekistonlik cho‘ntagida granata borligini aytdi

Politsiya xodimlari 47 yoshli muhojirni hibsga oldi

1 daqiqa o‘qish25 857 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston fuqarosi Sankt Peterburg shahri markazidagi restoranga kelib, cho‘ntagida granata borligini aytdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Illyustrativ foto: Global look press

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 20-fevral kuni soat 20:00 larda sodir bo‘lgan. 47 yoshli o‘zbekistonlik migrant Belinskiy ko‘chasidagi “Pali” restoraniga kelgan. U cho‘ntagida granata borligini aytgan. Birozdan so‘ng politsiya xodimlariga restoranga kirib, muhojirni qo‘lga olgan.

Huquq-tartibot organlari O‘zbekiston fuqarosi migratsiya ro‘yxatidan o‘tmaganini aniqladi. Migrant harbiy komendatura xodimlariga topshirilgan. Tekshiruv chog‘ida uning yonidan na granata, na portlovchi qurilmalar topilgan.

Shunga o‘xshash holat

2024-yilda Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak Ichki ishlar vazirligining patent berish bo‘limini portlatish bilan tahdid qilgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari IIV binosi atrofidagi hududni ko‘zdan kechirib, xavfli hech narsa topmagan. Binoni portlatish haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxs 35 yoshli ishsiz O‘zbekiston fuqarosi ekani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan migrant qo‘lga olingan. Unga nisbatan terrorchilik akti haqida yolg‘on xabar berish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar