Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tomdan tushib ketdi 

O‘zbekiston fuqarosi qurilish maydonida ishlayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish8 846 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Murom ko‘chasida qurilish vaqti O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda 78.ru manbasi xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Marhum o‘zbekistonlik 47 yoshli muhojir bo‘lib, qurilish kompaniyasiga montajchi bo‘lib ishga kirgan. Qurilish maydonida ishlayotganda u tomdan yiqilib tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ishchida himoya vositalari bo‘lmagan. Bundan tashqari, qurilish jarayonida sug‘urta tizimi ham qo‘llanilmagan.

O‘zbekistonliklarning qurilishda halok bo‘lishiga oid so‘nggi holatlar:

22-noyabr kuni Leningrad viloyatida 20 yoshli o‘zbekistonlik ishchi qurilish maydonchasida ventilyatsiya teshigiga tushib ketib halok bo‘ldi. 

3-noyabr kuni Leningrad viloyatida 19 yoshli o‘zbekistonlik quruvchi to‘qqizinchi qavatdan tushib halok bo‘lgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar