Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 15 kg gashish bilan qo‘lga olindi (video)

O‘zbekiston fuqarosining ijaradagi mashinasida narkotik modda aniqlandi

1 daqiqa o‘qish9 600 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Sankt Peterburg shahri Kirov tumanida o‘zbekistonlik erkak 15 kilogram gashish bilan qo‘lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Illyustrativ foto: Sputnik

“Kola” trassasining 42-kilometrida standart tekshiruv uchun CHERY TIGGO avtomobili to‘xtatilgan. Rulda Sankt Peterburgda istiqomat qiluvchi 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. 

Politsiyachilar bilan suhbat chog‘ida muhojir sezilarli darajada bezovtalangani inspektorlarda shubha uyg‘otgan. Natijada ular haydovchini hamda uning avtomobilini sinchkovlik bilan tekshirishga qaror qilgan. Politsiyachilar yukxonadan narkotik moddalarni topgan.

O‘zbekistonlik haydovchi narkokuryer sifatida ishlayotganini tan olgan. Umumiy og‘irligi deyarli 15 kilogramm bo‘lgan musodara qilingan ashyo ekspertizaga yuborilgan.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, sotish yoki jo‘natishga urinish bo‘yicha (Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 228.1-moddasi 4-qismi “g” bandi) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Migrant hibsga olingan.

Hozirda taqiqlangan moddalarni yetkazib berish yo‘llari aniqlanmoqda, shuningdek, jinoyatda ishtirok etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar