Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 30 metr balandlikdan tushib ketdi 

Jabrlanuvchi kasalxonaga olib ketilayotganda jon bergan

1 daqiqa o‘qish19 680 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik muhojir balandlikdan tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 25-yanvar kuni Kingisepp tumani, Ust-Luga qishlog‘ida yuz bergan. O‘zbekiston fuqarosi Krakole mahallasidagi gazni qayta ishlash zavodida metall konstruksiyalarni montaj qilayotgan bo‘lgan. Oqibatda u 30 metr balandlikdan tushib ketgan. Jabrlanuvchi kasalxonasining qabul bo‘limiga olib ketilayotganda vafot etgan. O‘zbekiston fuqarosi 42 yoshda bo‘lgan. Hozirda voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonliklarning qurilishda halok bo‘lishiga oid so‘nggi holatlar:

Yuqoridagi hodisa Rossiyada qurilish va ta’mirlash vaqti o‘zbekistonliklar bilan sodir bo‘lgan birinchi holat emas. Jumladan, 13-yanvar kuni Sankt-Peterburg shahri Primorskiy tumanida o‘zbekistonlik quruvchi 16-qavatdan tushib ketgandi. 30 yoshli o‘zbekistonlik armaturachi hodisa oqibatida halok bo‘lgan.

26-noyabr kuni yana Sankt-Peterburg shahri Murom ko‘chasida qurilish vaqti O‘zbekiston fuqarosi tomdan tushib ketgan. Marhum o‘zbekistonlik 47 yoshli muhojir bo‘lib, qurilish kompaniyasiga montajchi bo‘lib ishga kirgan. 

22-noyabr kuni Leningrad viloyatida 20 yoshli o‘zbekistonlik ishchi qurilish maydonchasida ventilyatsiya teshigiga tushib ketib halok bo‘lgan. 3-noyabr kuni Leningrad viloyatida 19 yoshli o‘zbekistonlik quruvchi to‘qqizinchi qavatdan tushib vafot etgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar