Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 

Qirg‘izistonning uch nafar fuqarosi o‘zbekistonlikni o‘ldirish bilan tahdid qilib, undan pul undirgan

1 daqiqa o‘qish35 678 ko‘rishlar0 izoh0

Sankt-Peterburg shahrida Qirg‘izistonning uch fuqarosi 19 yoshli o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Illyustrativ foto: “vecherniy Sankt-Peterburg”

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘rilik Fontanka daryosi qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan, o‘g‘rilar o‘zbekistonlikni o‘ldirish bilan tahdid qilib, undan 220 ming rubl (taxminan 227 dollar) undirgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston fuqarosi politsiyaga murojaat qilgan. U noma’lum uch kishi uni taksiga o‘tqazib, to‘pponcha bilan tahdid qilganini aytgan.

Politsiya haydovchilik qilayotgan Qirg‘iziston fuqarosini gumonlanuvchi sifatida ushlagan, keyinchalik yana ikki nafari qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar