Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik oshpazni do‘pposlab, mashinasini o‘g‘irlab ketishdi

Hujumni amalga oshirganlar ham O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish4 538 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida o‘zbekistonlik oshpazni do‘pposlab, avtomobilini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Ma’lum qilinishicha, hodisa 17-mart kuni Kimyogarlar ko‘chasida yuz bergan. Mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da uch nafar noma’lum shaxs Ravon mashinasidan tushib, oshpaz bo‘lib ishlaydigan 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘llari va tayoq bilan urgan. Shundan so‘ng ular jabrlanuvchidan avtomobil kalitni olib, shu mashinada qochib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga ishdagi mojaro sabab bo‘lgan. Hujum qilganlar qidirilmoqda, ular oshpazning hamkasblari va vatandoshlari ekani aytilmoqda. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Rossiyada yanvar oyida ham O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilish bilan bog‘liq holat kuzatilgan edi. Leningrad viloyatida 19 yoshli o‘zbekistonlik yigitga o‘q uzilgan. Jabrlanuvchi shaxsan tibbiy yordam punktiga murojaat qilgan. Uning bosh qismida jarohat qayd etilgan. Shifokorlar yigitning bo‘yin qismida o‘q joylashganini aniqlagan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda Aleksandrovsk shifoxonasiga yetkazilgan edi. O‘q uzgan shaxs esa qidiruvga berilgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar