Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-martda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 8,17 so‘mga pastlab, 12 931,94 so‘m bo‘ldi;
- yevro 51,90 so‘mga oshib, 14 107,45 so‘m bo‘ldi;
- rubl 4,56 so‘mga ko‘tarilib, 150,18 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib 12 940,11 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
2024-yilda so‘m dollarga nisbatan 4,7 foiz qadrsizlangan.
Izoh (0)