AVO to‘lovlarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlaydigan yangi formatdagi to‘lov stikerini birinchilardan bo‘lib bozorga taqdim etdi.
AVO to‘lov stikeri o‘zi nima?
To‘lov stikeri — terminalga shunchaki tekkizish orqali xaridlarni amalga oshirish imkonini beruvchi ixcham vosita. U doimo yoningizda bo‘lishi uchun telefoningizning orqa qismiga yoki boshqa narsaga yopishtirish mumkin. Bu mahsulotning qulayligi va xavfsizligi xaridlarni yanada tezkor va qulay qilishga yordam beradi.
Stikerni qanday buyurtma qilsa bo‘ladi?
Stikerni AVO ilovasi orqali buyurtma qilish mumkin. “Mahsulotlar” bo‘limiga kiring, so‘ng “Hisoblar” qismiga o‘ting va “To‘lov stikeriga buyurtma berish” tugmasini tanlang. Endi siz O‘zbekistonda bu yangi moliyaviy yechimdan ilk foydalanayotgan insonlar qatoridasiz!
Stikerni bir zumda qo‘lga kiritish
Stikerni quyidagi manzildagi kartomatdan olish mumkin: Toshkent sh., Bunyodkor ko‘ch., 52-uy (Magnum gipermarketi, Integro savdo markazi). Qurilmada “Stikerni hoziroq olish” tugmasini bosing va ilova yordamida ekrandagi QR kodni skanerlang. Kartomat stikeringizni chiqarishini kuting — bu bor-yo’g’i bir necha soniya vaqt oladi.
Foydalanish osonligi
Himoya qatlamini olib tashlang va smartfon yoki har doim o‘zingiz bilan olib yuradigan boshqa buyumga stikerni yopishtiring. Terminal mavjud bo‘lgan har qanday joyda: do‘kon, kafe, metro va sevimli restoranlarda stiker bilan to‘lang. Stikerni terminalga tekkizing va signalni kuting — to‘lov amalga oshdi!
Xavfsizlik nazorat ostida
Stiker raqami, amal qilish muddati va CVC — barcha ma’lumotlar AVO ilovasida saqlanadi. Ilova orqali stikerga PIN-kod o‘rnatish, shuningdek, yo‘qolgan yoki boshqa holatlarda uni bloklash mumkin.
Nega AVO to‘lov stikerini tanlash kerak?
To‘lov stikeridan kredit karta yoki oddiy debet karta sifatida foydalanish mumkin. Ham kredit limitidan, ham shaxsiy mablag‘lardan foydalanish imkoniyati O‘zbekistonda naqd pulsiz texnologiyalardan foydalanishda yangi davrni boshlab beradi. U moliyaviy vositalarda qulaylik, tezkorlik va xavfsizlikni qadrlaydigan insonlar uchun yaratilgan. Vaziyatdan qat’i nazar, to‘lov stikeringiz doimo qo‘lingizda, operatsiyalar esa tez va ishonchli tarzda amalga oshiriladi.
Yangi avlod innovatsiyalari va qulayliklarini birinchi bo‘lib baholang!
Batafsil ma’lumot: avo.uz
“AVO bank” AJ
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)