Futbol bo‘yicha JCH—2026 3-saralashi A guruhidan o‘rin olgan barcha bahslar yakunlandi.
Qatar jamoasi Qirg‘izistonni qabul qildi. Dohada o‘tgan bahsda mezbonlar mutlaq ustunlikka erishdi. 39-daqiqada qatarliklar hisobda oldinga chiqib oldi. Tamirlan Qo‘ziboyev 63-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qildi: 2:0. 76-daqiqada Alimardon Shukurov hisobni qisqartirdi.
81-daqiqada mezbonlar futbolchisi Ibrahim Al Hassan gol urib, qatarliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Birlashgan Arab Amirliklari esa o‘z maydonida Shimoliy Koreyani mag‘lub eta olmadi. Koreyslar hisobda ortda qolayotgan edi, ammo 86-daqiqadagi gol ularga bir ochkoni keltirdi – 1:1.
Shu tariqa, 3-turdan so‘ng BAA 4 ochko bilan 3-o‘rinda, Qatar esa shuncha ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. KXDR hisobida 2 ochko bor. Qo‘shni Qirg‘iziston hali ochko olganicha yo‘q.
JCH—2026 saralashi.
A guruhi
3-tur
Qatar — Qirg‘iziston 3:1
Gollar: 1:0 — Ali Almoez (39), 2:0 — Tamirlan Kozubayev (avtogol 63), 2:1 —Alimardon Shukurov (76), 3:1 — Al-Hassan (81).
BAA — KXDR 1:1
Gollar: 1:0 — Yahyo Al-Hassani (66), 1:1— Chon Gvan (86).
Noaniq penalti: Kvan Son, 74.
3-turdan keyin guruhdagi vaziyat quyidagicha:
Ma’lumot uchun, 15-oktyabr kuni O‘zbekiston “Bunyodkor” stadionida BAAni qabul qiladi.
Izoh (0)