Andijon viloyatining Shahrixon tumanida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.Q. fuqaro A.G.ga jami 3 400 dollarni 43,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida uning yonidan 6 500 rubl, 67 mln so‘m va 5 yevro pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Navoiy va Andijonda “valyutchiklar” ushlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)