• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shu paytgacha birorta “aqlli shahar” qurmagan AQSH shirkati Nurafshonda 15 milliard dollarlik Smart City bunyod etmoqchi

    Smart City konsepsiyasi asosida birorta loyihasi amaliyotga joriy etilmagan AQSH kompaniyasi Nurafshon shahrida “aqlli shahar” qurmoqchi. Bu haqda “Daryo” muxbiri surishtiruvida ma’lum bo‘ldi.

    “Shubhali” uchrashuv

    Eslatib o‘tamiz, iyul oyi o‘rtalarida Toshkent viloyati hokimligi AQSHning C+H Associates Inc. kompaniyasi Nurafshon shahrida 1600 gektar maydonda “aqlli shahar” texnologiyasi asosida shahar barpo etish bo‘yicha o‘z loyihalarini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

    Xabarda aytilishicha, viloyat hokimi Zoir Mirzayev C+H Associates Inc. kompaniyasi direktori Ronald Jeyms Habbard boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan.

    Hokimlik tarqatgan axborotga ko‘ra, S+H Associates Ins. kompaniyasi 40 yildan ziyod vaqt mobaynida dunyoning nufuzli davlatlarida yangi aeroport, mehmonxonalar, universitet, sotuv va xizmat ko‘rsatish obyektlari, shuningdek, yangi shaharlar qurish ishlari bilan shug‘ullanib keladi.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

    Yuqorida zikr etilgan AQSH kompaniyasi Nurafshonda qurmoqchi bo‘lgan “aqlli shahar” qiymati 10-15 milliard dollar bo‘lib, loyihaga 15 dan ortiq yirik investorlar jalb qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, u yerda davlat korxonasi va tashkilotlari, tibbiyot, ta’lim muassasalari joy oladi, sanoat zonalari, texnoparklar joylashtiriladi.

    Viloyat hokimligi xabaridan keyin bloger Nikita Makarenko o‘zining Telegram kanalida C+H Associates Inc. kompaniya shubhali ekanligi haqida yozib chiqdi.

    “Kompaniyasining sayti 2015-yildan buyon yangilanmagan. Kompaniya ilgari amalga oshirgan loyihalarga nazar solinsa, bolalar maydonchasi, asfalt yotqizish va yo‘l qurish bilan shug‘ullangani ko‘rinadi.

    Qiziq jihati kompaniya saytida 3,5 million dollardan ortiq loyihalarni ishlab chiqishga qodir emasligi to‘g‘risida yozilgan. Ammo ular Nurafshonda 10-15 milliard dollarlik loyihani amalga oshirmoqchi”, deya yozgan Nikita Makarenko.

    “Daryo” muxbiri holatga izoh olish maqsadida Toshkent viloyati hokimi axborot xizmati rahbari Bekzod Qobulov bilan bog‘landi. U holatni o‘rganib chiqib javob berishini aytgan edi. Ammo u qayta aloqa chiqmadi.

    Javobsiz savollar

    Nashr muxbiri savollarga javob topish maqsadida C+H Associates Inc. kompaniyasi vakillari va O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi raisi Muxtor Umarov bilan mazkur masala yuzasidan suhbat qurdi.  

    Foto: “Daryo”

    Muxtor Umarovga ko‘ra, aytilayotgan “aqlli shahar” hozircha faqat loyiha xolos.

    “Biz viloyat hokimligiga o‘z rejalarimiz bo‘yicha taklif bilan bordik. Taklifki, bizni tashkilotimiz O‘zbekistonda 2-4 ming gektar joyda “aqlli shahar”cha bo‘lsa-yu, u shaharchada ham odamlar istiqomat qiladigan, ham sanoat hududlari bo‘lsa degan, loyihamiz bor. Ya’ni bu loyihani tashabbuskori bizni tashkilot.

    Mazkur loyiha ustida ikki yildan buyon ishlab, bir nechta tashkilotlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Turkiya AQSH, Koreya kompaniyalari o‘z takliflarini bermoqda. Takror aytaman, bu hozircha loyiha, hali hech qanday mulkiy va shartnomaviy kelishuvlar bo‘lgani yo‘q.  

    Viloyat hokimi bilan uchrashuvda C+H Associates Inc. kompaniyasi nima ishlar qilgani haqida ma’lumot berdik. Mazkur kompaniya sanoat zonasi, uylar va o‘sha hududdan Toshkent shahrigacha bir relsda yuradigan tramvay yo‘lini qurish bo‘yicha taklif etilganini aytdik. Bu kompaniya investor yoki quruvchi tashkilot emas, arxitektura dizayn ishlarini bajaradigan tashkilot. Biz bular bilan AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasini tavsiyasiga ko‘ra muzokaralar olib borganmiz”, dedi Muxtor Umarov.

    Muxtor Umarov
    Foto: “Daryo”

    C+H Associates Inc. kompaniyasi direktori Ronald Jeyms Habbard nima uchun kompaniyaning rasmiy sayti yo‘qligi, manzili, bog‘lanish uchun telefon raqamlar va elektron pochta mavjud emasligi, internet tarmog‘ida kompaniya haqida biror jumla yo‘qligi haqida savolga javob berdi.

    “Bizning veb saytimiz 7 yil avval faoliyatini to‘xtatgan. O‘zimizni reklama qilishga, ko‘rsatishga ehtiyoj bo‘lmagani uchun veb sayt yuritmaganmiz. Odamlar bizga loyihalarini qilib berish bo‘yicha o‘zlari murojaat qiladi. Ya’ni uni veb saytga qo‘yib, reklama qilishga bizda ehtiyoj yo‘q”, dedi u.

    Ronald Jeyms Habbardning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya ixtiyorida 28 ta “aqlli shahar”ga bog‘liq arxitektura ishlari bor. Shundan 14 tasi Kongo Demokratik Respublikasi bilan bog‘liq.

    Ronald Jeyms Habbard
    Foto: “Daryo”

    “Ma’lumotlarni berishimiz mumkin va bu ma’lumotlar Virjiniyadagi ofisimizda bor. Hukumat bilan birgalikda qilingan kasalxonalarni birma-bir ko‘rsatishga tayyormiz.

    Ar-Riyoddagi bir kompaniyaga qiymati 350 million dollarlik “aqlli shahar”ning ishchi rejasini qilib bergan edik. Lekin uning egasi pul topolmagani bois yerni sotib yubordi.

    Biz faqat dizayn ishlarini qilganmiz. Hali qurib bitkazilgan “aqlli shahar” yo‘q”, dedi C+H Associates Ins. kompaniyasi direktor.

    Kelib chiqishi shubhali bo‘lgan, uy va kasalxona qurishdan nariga o‘tmagan, birorta “aqlli shahar” qurmagan kompaniyaga qanday qilib qurilishi o‘n yillar davom etadigan, 10-15 milliard dollarlik loyihani ishonib topshirish mumkin? Shu mazmundagi savolga O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi raisi Muxtor Umarov tayinli javob berolmadi. U bu hali loyiha ekanligi va boshqa kompaniyalarning loyihalari ham qabul qilinayotganini aytish bilan cheklandi.

    14.08.2024, 20:35   Izoh (1)   17322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. gayratrahimov2020@gmail.com / 15.08.2024, 14:12

      Shu yerni yaxshilab qazib, seysmic datchiklar oʻrnatib ketishsa kerak ular, keyin AQSh hohlagan paytda Toshkent atrofida hohlagan balldagi zilzila boʻladi.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahrida tirbandlikning oldini olish uchun qanday ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi

    30.10.2023, 20:55

    Toshkentda “aqlli” bekatlar quriladi

    24.11.2023, 23:30

    Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan shahri qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi 

    26.03.2024, 17:14

    Buxoro va Farg‘onada “valyutchik”lar ushlandi

    14.08.2024, 18:55

    “Ehtiyojmand insonlarning xohishi va imkoniyatini qo‘llab-quvvatlab, hayotga, jamiyatga olib kirish zarur” — prezident

    14.08.2024, 18:54

    Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi

    14.08.2024, 18:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.