O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir jarimalarga qarshi “my.gov.uz” portali orqali elektron shikoyat yo‘llash mumkin bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 382-son qaroriga asosan, 2024-yilning 1-sentyabridan boshlab my.gov.uz portali orqali Yo‘l harakati qoidalari buzilishi yuzasidan chiqarilgan qarorlar va yuborilgan xabarnomalar bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron tartibda shikoyat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Yuborilgan shikoyat arizalari YHXX tomonidan 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Murojaat ko‘rib chiqilayotgan vaqt mobaynida jarima uchun belgilangan chegirma muddati to‘xtatib turilmaydi.
Agar shikoyat o‘rinli deb topilsa, YHXX tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 271-moddasiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatiladi.
Izoh (1)
Агар манга 3 кундан кейин жарима хакида хабар келса толов килишим шартми йоки йокми