“Hizbulloh” guruhi 6-iyun kuni chegara hududida uyushtirgan hujum oqibatida 1 nafar Isroil askari halok bo‘lgan. Bu haqda Isroil manbalariga tayanib, Al Arabiya nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, “Hizbulloh” payshanba kuni Isroil shimolidagi, chegara hududiga yaqin Xurfeysh shahriga havo hujumi uyushtirgan. Hujumda asosan Isroil harbiy inshootlari nishonga olingan.
Tel-Avivdagi manbalar bir nafar askar halok bo‘lganini tasdiqlagan. Yaralanganlar haqida maʼlumot taqdim qilinmagan.
Yaqin Sharq manbalari Livan va Isroil chegarasida har kuni to‘qnashuvlar sodir bo‘layotganini bildirgan. Qiryat Shemona va Metula atrofida askarlar dushman tomon hududiga o‘q uzish holatlari kuzatilgan.
Tel-Aviv “Hizbulloh” hujumi oqibatida harbiy inshootlarga yetkazilgan talafot ko‘lami haqida oshkor qilmagan.
Oldinroq Tel-Aviv nashrlari Buyuk Britaniya Livan hukumatiga iyun oyi o‘rtalarida Isroil hujumi sodir bo‘lishi haqida ogohlantirish bergani haqida yozgan edi. London rasmiylari Bayrutdagi hukumatni mudofaaga jiddiy eʼtibor qaratishga hamda kelishuv muzokaralariga qaytishga chaqirgan.
Izoh (0)