Livandagi “Hizbulloh” guruhi 23-may kuni Isroil shimoliga 30 dan ortiq raketa uchirgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Isroil harbiylari raketalarning ko‘pchiligi urib tushirilganini bildirgan. Havo to‘sig‘idan o‘tgan bir qancha raketalar esa Isroil shimolidagi ochiq maydonlarga tushgani xabar qilingan.
O‘z navbatida, “Hizbulloh” rasmiylari raketalar nishonlarga muvaffaqiyatli urilganini xabar qilgan. Isroil shimolidagi harbiy obyektlarga shikast yetkazilgan.
Tel-Aviv mamlakat shimolidagi harbiy rahbariyatni yangi hujumlardan ogohlantirgan. Shlomi, Qiryat Shemona va Metula hududlarida havo hujumiga qarshi tayyorgarlik darajasi oshirilgan.
Livandagi “Hizbulloh” guruhi va Isroil qarama-qarshiligi o‘tgan yilning 8-oktyabridan beri davom etmoqda. Tomonlar muntazam ravishda havo hujumlari tashkil etmoqda.
Izoh (0)