Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi Reliance Industries bilan Hindistonda avtomobil ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi The Hindu Business Line xabardor manbaga tayanib.
Manbaga ko‘ra, muzokaralar dastlabki bosqichda va oxirgi bir oydan beri davom etmoqda.
Tesla investitsiyalari taxminan 2 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin, deb yozadi nashr. Zavod Arab dengizi sohilida joylashgan Maxarashtra shtatida qurilishi mumkin, bu esa avtomobillar eksportini osonlashtiradi.
Tesla aksiyalari chorshanbadan oldingi savdolarda 0,5 foizga oshdi. Yil boshidan beri kompaniya kapitallashuvi 29 foizga tushib, 550,9 milliard dollarni tashkil qildi.
Izoh (0)