Buxoro viloyatida Ai-80 markali benzin yonilg‘isini “qo‘lda” qimmat narxda sotish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.
![](/static/2024/03/02/dc-me-ED84a.jpg)
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlandi. 14 nafar fuqaro yashash xonadonlarida Ai-80 markali benzin yonilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 270 litr benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Izoh (0)