Netflix strim xizmati yangi film va teleloyihalarining videosi aks etgan rolikni taqdim qildi.
Videoda “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi, shuningdek, yangi “Brijertonlar” va “Ambrella akademiyasi”, “Uch tana muammosi” ilmiy fantastikasi va boshqa filmlardan parchalarni ko‘rish mumkin.
“Beverli xillzlik politsiyachi 4”, Kameron Dias ishtirokidagi “Ishga qaytish” jangovar komediyasi, “Olov bolasi” filmining davomi, Jennifer Lopes, Xolli Berri ishtirokidagi jangovar filmlar va boshqalarning chiqish sanalari keyinroq eʼlon qilinadi.