Toshkent-Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslar 13-yanvar kuni kechiktirilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 13-yanvar kuni HY501/502 Toshkent-Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslar texnik sabablarga ko‘ra kechiktiriladi va quyidagi parvozlar jadvaliga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
- Toshkentdan jo‘nab ketish 2024-yil 13-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:45;
- Pekinga yetib kelish 2024-yil 14-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:00.
- Pekindan jo‘nab ketish 2024-yil 14-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:30;
- Toshkentga yetib kelish 2024-yil 14-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:50.
Aviakompaniya keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘radi.
Izoh (0)