AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p milliard dollarlik xarajatlarni Yevropa Ittifoqiga yuklamoqchi.
Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.

“Vashington Ukraina inqirozini davom ettirish uchun ko‘p milliard dollarlik xarajatlarni YIga bemalol yuklashga harakat qilmoqda. Shu yo‘l bilan oddiy yevropaliklarni mamlakatning amaldagi rahbariyatini qo‘llab-quvvatlash uchun pul sarflashga majbur qilmoqda”, — dedi Zaxarova.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili, shuningdek, “G‘arb Ukraina yosh demokratiyasiga yordam berish niqobi ostida hiylalar amalga oshirayotgani”ni ta’kidladi.
Izoh (0)