Tojikiston mamlakat hududiga Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lgan davlatlar, jumladan, Qozog‘istondan eski avtomobillarni olib kirishga taqiq joriy qilmoqda. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
“KazStandard” matbuot xizmatiga ko‘ra, cheklovlar 2013-yilgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarga tegishli.
“Tojikiston havo ifloslanishi, inson salomatligi va atrof-muhitga zarar yetkazishda asosiy manba bo‘lgan eski avtomobillarni mamlakatga olib kirilishining oldini olishga qaratilgan farmon tayyorladi”, — deydi “KazStandard”.
Ta’kidlanishicha, qaror eski avtomobillardan chiqindi (akkumulyatorlar, shinalar, konditsionerlar) miqdorini sezilarli darajada kamaytirishni ham nazarda tutadi. Farmon 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Izoh (0)