Google 2023-yilda internet foydalanuvchilari e’tiborini tortgan eng mashhur qidiruv so‘rovlarini aniqladi.
Google Trends veb-ilovasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida Isroilning HAMAS bilan urushi va Barbi filmi o‘rin olgan. Xususan, jami 18 ta bo‘lim taqdim etilgan, ularning har biri qidiruv tizimi foydalanuvchilari orasida mashhur so‘rovlarning o‘ntasini o‘z ichiga oladi. “Yangiliklar” bo‘limida yuqori beshlikdan quyidagi so‘rovlar o‘rin olgan:
- Isroil va G‘azodagi urush
- “Titanik” suvosti kemasi
- Turkiyadagi zilzila
- “Xillari” to‘foni
- “Idaliya” to‘foni
2022-yilda Ukraina “Yangiliklar” yo‘nalishidagi so‘rovlar ichida birinchi o‘ringa chiqqandi, bu yilgi ro‘yxatda esa u mavjud emas.
Reytingga ko‘ra, eng mashhur aktyor Jeremi Renner, eng mashhur qo‘shiqchi Shakira va eng mashhur sportchi — Buffalo Bills komandasi futbolchisi Damar Xamlin. Filmlar bo‘limidagi qidiruv so‘rovlari reytingida birinchi o‘rinni “Barbi”, ikkinchi o‘rinni esa “Oppengeymer” filmi egallagan.