O‘zbekiston fuqarolari Slovakiyadagi mehmonxona xizmatchisi ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/Risolat/ishgaa.jpg)
Ma’lum qilinishicha, ish turi mehmonxona xizmatchisi. Quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- ish haqi 600 yevro (soliqlar to‘langandan keyin);
- ish vaqti: oyiga 210 soat;
- barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan.
Talablar:
- 25 yoshdan 45 yoshgacha;
- tajribaga ega bo‘lish;
- rus yoki ingliz tilida so‘zlasha olish;
- sudlanmaganlik;
- O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.
Eslatma: 50 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgandan keyin to‘xtatiladi.
Izoh (0)