O‘zbekistonda professional ta’lim muassasasida dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilar va korxonalar o‘rtasida imzolangan shartnomalar soni ochiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda 234 ta professional ta’lim muassasasida 12 735 nafar o‘quvchi dual ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olmoqda. O‘quvchilarning 4 271 nafari kasb-hunar maktablariga, 5 274 nafari kollejlarga hamda 3 190 nafari texnikumlarga to‘g‘ri keladi.
Dual ta’lim shaklini samarali tashkil etish maqsadida 3 603 ta korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatilib, o‘quvchilar va korxonalar o‘rtasida 11 325 ta shartnoma imzolangan.
Izoh (0)