• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Topshiriqlar rasmlar asosida berilgani o‘quvchi uchun juda qulay bo‘lmoqda” — boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yangi darsliklar haqida

    Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabining oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Habiba Bozorova maktablardagi yangi darsliklar haqida gapirib, avvalgi darsliklarga nisbatan o‘quvchi uchun ancha qulay ekanini aytmoqda. O‘qituvchi “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda yangi darsliklarning eski darsliklarga nisbatan ustunlik jihatlarini sanab o‘tdi. 

    Yangi avlod darsliklari ta’lim standartlari talablariga javob bera oladigan, mukammal qilib yaratilgan. Kitoblar dizayn jihatidan ham chiroyli ishlangan. Kitob muqovasining ranglari yorqin va kayfiyatni ko‘taruvchi. Kitobni ilk bor qo‘limizga olganimizda ranglarini ko‘rib xursand bo‘lganman. Bu holatni o‘quvchilarimda ham kuzatdim. Avvalgi darsliklarimiz bilan solishtirganda yangi darsliklarimiz ixchamligi va asosiy fanlarimizning to‘rt qismdan iboratliligi bilan alohida ajralib turadi. Har bir chorakda alohida, bittadan kitobni o‘qiymiz. Kitobni o‘qib tugatish barobarida ish rejani ham tugatamiz. Ikkinchi chorakda esa kitobning ikkinchi chorak uchun mo‘ljallangan ikkinchi qismini olamiz. Tez-tez almashgan kitob eskirmaydi va yangi holatini yo‘qotmaydi, — deydi Bandixon tumanidagi 2-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Habiba Bozorova. 
    Habiba Bozorova.
    Foto: Dildora Musayeva

    “Yangi darsliklardagi topshiriqlar rasmlar asosida berilgan, bu o‘quvchi uchun juda qulay”

    O‘quvchi eshitganidan ko‘ra, ko‘rganini yaxshi eslab qoladi. Shu sababdanmi yangi darsliklardagi topshiriqlar rasmlar asosida berilgan. Darslik qahramonlarining fotorobotlari ham bor. Aziza, Madina, Umida, Jasur, Akmal va Sardor ismli olti nafar qahramonlarimiz o‘quvchilarga o‘zining tilida topshiriqlar beradi. Shuningdek, yangi darsliklarimiz zamonaviy metodlar bilan boyitilgan. Ilgari biz bu metodlar haqida internetdan izlab topardik. Va o‘quvchilarga bajartirardik. Hozir esa o‘sha ma’lumotlar aynan yangi darsliklarimizda jamlangan. Bu nafaqat o‘quvchilarga, o‘qituvchilarga ham qulay bo‘lyapti. Qiziqarli topshiriqlar orqali darsga qiziqmaydigan o‘quvchilarni ham darsga qiziqtirib, o‘qityapmiz, — deydi u.
    Foto: Dildora Musayeva

    “Yangi darsliklar o‘quvchilarning kreativ, tanqidiy va mantiqiy fikrlashini oshiradi”

    Darsliklarimizda mavzudan tashqari yondash mavzular ham bor. Masalan Botanika bog‘i yoki bouling sport turini olaylik. Yondash mavzu nima bo‘lsa, topshiriqlar ham shunga monand bo‘ladi. Masalan Botanika bog‘i mavzusiga, aynan shunga o‘xshash topshiriqlar beriladi. Yangi avlod darsliklari 4K moduli asosida yaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning guruh bo‘lib ishlashida, kreativ, tanqidiy va mantiqiy fikrlashi orqali hamjihatliligi oshadi. Darsliklarimizdagi topshiriqlarning barchasi ham yozma tarzda bajariladigan topshiriqlar emas. Ba’zilarini og‘izaki shaklda bajarsa ham bo‘ladi. Qolaversa, sinfda barcha o‘quvchi darslarni birdek o‘zlashtirolmaydi. Qo‘shimcha topshiriqlar esa iqtidorli o‘quvchilar uchun yaratilgan bo‘ladi. Asosiy topshiriqlarni tez bajarib, bo‘sh qolgan o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar berib, ularni band qilyapmiz. Bundan tashqari yangi darsliklarning yana bir qulay, nafaqat o‘qituvchilarni, o‘quvchilarni ham quvontirgan jihati ona tili va o‘qish darsligining alohida fan sifatida bir-biridan ajratilgani bo‘ldi. O‘tgan o‘quv yillarida bu ikki darslik qo‘shilib, yaxlit qilingan edi. Ona tili va o‘qish fanlarining yaxlitligi o‘quvchilarni qiynab qo‘yayotgan edi. Yangi darsliklarning yana bir qulayligi Quar-kodli bo‘lganida. Ba’zi sabablarga ko‘ra, darsga kelolmagan o‘quvchi uyda, ota-onalari yordamida shu quar-kod yordamida dars mashg‘ulotlarini olib, vazifasini bajarib, tengdoshlariga qo‘shilib oladi, — deydi Habiba Bozorova. 
    Foto: Dildora Musayeva

    “Yangi darsliklardagi Alifbe darsligi tubdan isloh qilingan”

    Birinchi sinf o‘quvchilariga yangi o‘quv yilidan boshlab, informatika darslari ham kiritilgach, ular bu fanni qanday o‘zlashtirar ekan, dars mashg‘ulotlarini o‘zimiz o‘tamizmi yoki boshqa o‘qituvchilar o‘tadimi degan savol tug‘ilgandi. Darsliklarni qo‘limizga olib, mavzulari bilan tanishganimizdan so‘ng mavzulari sodda, o‘quvchi yoshi hisobga olingani va bu fan Atrofimizdagi olam darsligi bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rdik. Bu fan o‘quvchilarimizning yuqori sinflarga o‘tganida aynan shu fandan qiynalmasligiga poydevor vazifasini bajarar ekan. Yana bir muhim jihati biz hozirgi kunda axborot texnologiyalari zamonida yashayapmiz. Birinchi sinfdan bu fanni o‘qib, o‘rganib borishsa, IT sohasini yaxshi o‘rganib oladi. Yangi darsliklardagi Alifbe darsligi tubdan isloh qilingan. Kitobning har bir varag‘ida oldingi va keyingi o‘tilgan harflar yozilib ketiladi. O‘quvchi oldin nima dars o‘rganini ko‘radi va yodga oladi. Bu yilgi kitoblarga qo‘shimcha Alifbedan mashq daftari ham qo‘shilgan. Bu o‘quvchi uchun yanayam qulaylik yaratadi. Mashq daftarida qiziqarli topshiriqlar ham bor. Yozuv daftarlarimiz ham o‘quvchilar uchun juda qulay shaklda yaratilgan. Texnologiya va tasviriy san’at fanlarida ham topshiriqlar juda qiziqarli berilgan. Ayniqsa texnologiya kitobida detallarni yasashning boshidan oxirigacha bo‘lgan qismi ko‘rsatib berilgan. Buni ko‘rgan o‘quvchilar ustoz yordamisiz ham topshiriqlarni bajara olishadi. Matematika darsligida o‘quvchining pul bilan muomala qilishini o‘rgatuvchi topshiriqlar ham berilgan, — deydi o‘qituvchi.
    04.12.2023, 18:01   Izoh (0)   12226
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ijod maktablari uchun yangi darsliklar yaratiladi

    22.07.2020, 07:55

    Andijonlik boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi: “Yangi darsliklar o‘qishga qiziqmaydigan bolani ham qiziqtira oladi”

    19.11.2023, 18:31

    “Qizimning sifatli ta’lim olishi men uchun juda muhim” — deputat Umida Rahmonova maktab darsliklarini o‘rganishga qaror qildi

    24.11.2023, 17:51

    O‘zbekistonda yashash uchun eng qulay shaharlar kuchli beshtaligi maʼlum qilindi

    04.12.2023, 17:45

    O‘zbekiston aholisining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi semiz hisoblanadi — tadqiqot

    04.12.2023, 17:03

    “Mavsumiy kasalliklar sabab o‘quv muassasalarida ta’lim jarayonini to‘xtatishga asos yo‘q” — Nurmat Otabekov

    04.12.2023, 16:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlarga jahon iqtisodiyotida teng sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:41

    Toshkentda bir kishi bir kunda o‘rtacha 230–270 litr ichimlik suvi sarflaydi — “O‘zsuvta’minot” AJ vakili

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:35

    Eronda jazirama: elektrni tejash uchun davlat idoralari yopiladi

    Dunyo | 5 avgust, 15:25

    Xitoy blokadasi Tayvanning elektr ta’minotini izdan chiqarishi mumkin. Ammo bu hammasi emas — tahlil

    Dunyo | 5 avgust, 15:10

    Jennifer Lopes va uning jamoasi Yerevandagi restoranda tushlik uchun 37 ming dollar to‘ladi

    Shou-biznes | 5 avgust, 15:00

    Barcha bosqichlar tizimli nazoratga olinadi — Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze loyihasi haqida

    O‘zbekiston | 5 avgust, 14:50

    “Manchester Siti” Rodriga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

    Sport | 5 avgust, 14:43

    Sevimli multfilmlarning tomoshabinlar e’tiroziga sabab bo‘lgan yangi qahramonlari

    Kino | 5 avgust, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.