Nyu-Yorkda Toshkent vaqti bilan 12-noyabr tongida UFC 295 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Turnirning asosiy jangi Aleks Pereyra va Irji Proxazka o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi raundda Aleks Proxazkani kontr zarba bilan ushladi, ketma-ket tirsak zarbalaridan so‘ng jang to‘xtatildi. Shu tariqa Pereyra yarim og‘ir vazn toifasida chempionga aylandi.
Yana bir jangda Tom Aspinall birinchi raundda Sergey Pavlovichni nokautga uchratdi va og‘ir vazn toifasidagi vaqtinchalik titulga ega chiqdi.
UFC 295 asosiy kard janglari:
- Aleks Pereyra 2-raundda Irji Proxazkani nokautga uchratdi;
- Tom Aspinell 1-raundda Sergey Pavlovichni nokaut qildi;
- Jessika Andrade 2-raundda Makkenzi Dernni nokaut evaziga mag‘lub etdi;
- Benua Sen-Deni 1-raundda Mett Frevolani nokaut qildi;
- Diego Lopesh 1-raundda Pet Sabatinini nokautga uchratdi.
Izoh (0)