Kino muxlislarining aksariyati “Kelajakka qaytib-2” filmi bosh qahramoni Marti Makflayning uchar skeytbordini yaxshi eslaydi. Ushbu film 1989-yilda suratga olingan bo‘lsa-da, unda aks etgan uchar skeytbord g‘oyasi bizning davrga kelibgina haqiqatga aylandi.
YouTube platformasidagi JLaservideo kanali muallifi uchish imkoniyatiga ega bo‘lgan haqiqiy xoverbordning ishchi prototipini yasadi.
Skeytbord “havo yostiqchalari” yoki skeyt va yer yuzasi o‘rtasida “ekran effekti”ni hosil qiladigan turbinalar bilan jihozlangan. Taʼkidlash kerakki, xoverbord filmdagi uchar qurilmadan birmuncha farq qiladi. U nisbatan katta va og‘irroq, bundan tashqari, suv ustidan uchib o‘tish imkoniyatiga ega emas.
Mutaxassislar xoverbordning asosiy kamchiligi sifatida turbinalar ishlagan vaqtda yuqoriga haddan tashqari ko‘p chang ko‘tarilishini aytib o‘tishgan. Shuning uchun ham qurilmadan foydalanishda himoya shlemini kiyish va chang ostida qolib ketishga tayyor turish kerak bo‘ladi.
Ammo ushbu kichik kamchiliklar uchar texnologiya mashhurligiga soya solgani yo‘q. Tez orada uchar skeytbordlarning sotuvga chiqariladigan versiyalari ham yaratilsa ajab emas. Bu sarguzasht shinavandalariga o‘zlarini fantastik film qahramonlari kabi his qilish uchun imkon berishi aniq
Izoh (0)