Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 4-turida “Nasaf” 6-noyabr, dushanba kuni “Sharja”ga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv oldidan jamoalar bosh murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Muhim pallada turibmiz, hosilni yig‘adigan payt kelyapti. Ertaga butun o‘zbek xalqini xursand qilish uchun g‘alabani ko‘zlab maydonga chiqamiz. Muhammadiyev va Ergashev jarohat tufayli bizga yordam bera olishmaydi. Ammo yaxshi xabar ham bor. Jigauri safga qaytdi.
Sharjada mag‘lubiyatga munosib emasdik. Ertaga qayd etiladigan natija keyingi bosqich chiptalariga ta'sir qilishi mumkin. Bu yigitlarga o‘ziga xos ishtiyoq va kuch beradi.
Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi
Qarshiga 2-marta kelyapman. “Nasaf”ni yaxshi bilaman, muxlislari qarshisida ajoyib o‘yin ko‘rsatadigan jamoa.
Ertaga Pyanich maydonga tushmaydi. U jarohatlangan va bizni juda qiyin bahs kutib turibdi.
Kosmin Olauri, “Sharja” bosh murabbiyi
Eslatib o‘tamiz, “Sharja” B guruhi yetakchisi hisoblanadi. Jamoa 3 turdan so‘ng 7 ochko jamg‘argan. “Nasaf” esa 6 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)