• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand obidalari Fransiya delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi

    Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makron mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahrining qadimiy obidalari bilan tanishdi.

    Davlat rahbarlari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyini borib ko‘rdi. 

    Ma’lumki, Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek Amir Temurning suyukli nabirasi bo‘lgan, ezgu ishlarini davom ettirgan. U ham hukmdor, ham olim sifatida ilm-fan va madaniyatni rivojlantirgan, bunyodkorlikka katta e’tibor qaratgan. O‘rta asrlardayoq noyob rasadxona barpo etib, osmon jismlarini juda aniq o‘rgangan. 

    Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari dunyo astronomiyasida muhim qo‘llanma hisoblanadi. Uni Yevropa, jumladan, fransiyaliklar ham yaxshi bilishadi. 

    Foto: Prezident.uz
     

    Xususan, fransuz astronomi Jozef-Nikolya Delil faoliyati davomida Mirzo Ulug‘bekning asarlarini o‘rgangan, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini lotin tiliga tarjima qildirgan. Delil 1739-yilda buyuk bobokalonimizning astronomiya jadvallari haqida nutq so‘zlagan. Ushbu nutqning matni hozirgacha saqlanib qolgan.

    Bu kabi tarixiy ma’lumotlar ikki xalq aloqalarining tarixiy ildizlari qanchalik teranligini ko‘rsatadi.

    Mehmonlar muzeyda Mirzo Ulug‘bek davriga oid ashyolar, kitoblar, qo‘lyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobini ko‘zdan kechirdi. 

    Prezidentlar Amir Temur maqbarasiga borishdi. 

    Oliy martabali mehmonga buyuk Sohibqironning hayoti, harbiy mahorati, bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi. 

    Amir Temur o‘z kuch va salohiyati bilan hukmdorlik darajasiga chiqqan, Hindistondan Yevropagacha bo‘lgan hududda barqaror davlat barpo etgan nodir shaxsdir. Sohibqironing harbiy yurishlari va diplomatiyasi uzoq o‘lkalarga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Yevropa qirollari Amir Temur davlatini tan olib, u bilan aloqa o‘rnatishga intilgan. Jumladan, Fransiya qiroli Sharl VI bobokalonimizga maktub yo‘llagan.

    Shu bois ham butun dunyoda Amir Temur shaxsiga va temuriylar merosiga qiziqish katta. Jumladan, 1988-yilda Fransiyada temuriylar tarixi va madaniyatini o‘rganuvchilar assotsiatsiyasi tuzilgan. Uning sobiq prezidenti, professor Lyusen Keren Amir Temur va temuriylar davrini ko‘p yillar davomida tadqiq etgani, Fransiya va O‘zbekiston xalqlari yaqinlashishiga katta hissa qo‘shgani uchun O‘zbekistonning “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

    1996-yilda Parijdagi YUNЕSKO qarorgohida “Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” nomli ko‘rgazma bo‘lgan. O‘tgan yili davlatimiz rahbarining Fransiyaga tashrifi doirasida Luvr muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi katta voqea bo‘lgan edi. Unda temuriylar merosiga alohida o‘rin ajratildi.

    Davlat rahbarlari Registon majmuasida ham bo‘ldi.

    Ma’lumki, bu maskan Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat. Mirzo Ulug‘bek va Yalangto‘shbiy qurdirgan bu obidalar asrlar davomida ilm ahlini o‘ziga chorlab kelgan, yuzlab olimu fuzalolarga maktab bo‘lgan. Ajoyib simmetriya va me’moriy qiyofa kasb etgan majmua bugungi kunda Samarqandning tashrif qog‘oziga aylangan. 

    Mehmonlarga ajdodlarimizning me’morchilik an’analari, peshtoqlardagi naqshlar va ma’nolar haqida so‘zlab berildi.

    So‘ng prezidentlar Shohi Zindaga bordi. Bu majmua sahoba Qusam ibn Abbos va allomalarning maqbaralaridan iborat. Majmuaning tarixiy, madaniy va badiiy qimmati shundaki, u arxitektura va bezak san’atining bir necha asrlar davomida rivojlanishi haqida tasavvur beradi. Shohi Zinda 2001-yilda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shu jihatlari bilan sayyohlarni hamisha o‘ziga jalb etadi.

    Mehmonlar majmua darvozasi va maqbaralar tarixi bilan tanishdi, naqshlar nafisligini e’tirof etdi.

    Umuman aytganda, Samarqand obidalari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

    02.11.2023, 21:00   Izoh (0)   7779
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish ishlari qachon boshlanishi maʼlum qilindi

    02.11.2023, 20:40

    Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Samarqanddagi Fransuz alyansini ochib berdi

    02.11.2023, 19:33

    Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti  tomonidan O‘zbekiston shaharlarining yashash uchun qulayligi reytingi tuzildi

    02.11.2023, 19:30

    O‘zbekistonda yo‘l harakati qulayligi va xavfsizligini oshirish uchun qanday choralar amalga oshirilmoqda?

    02.11.2023, 18:49

    Qashqadaryoda 800 milliard so‘mga yaqin muammoli kreditlar borligi ma’lum bo‘ldi 

    02.11.2023, 18:45

    2023-yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan gaz taʼminotida 1403 ta qoidabuzarlik qayd etilgani aniqlandi

    02.11.2023, 18:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Surxondaryodagi propan zapravkada portlash yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:30

    Taekvondochi Tramp, sambo bilan professional shug‘ullangan Putin va qora belbog‘ sohibi To‘qayev: sport unvonlariga ega davlat rahbarlari haqida bilasizmi?

    Sport | 13 avgust, 14:24

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09

    AQSh sobiq prezidentiga tegishli uy 5,28 million dollarga sotildi (foto)

    Layfstayl | 13 avgust, 13:51

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    Dunyo | 13 avgust, 13:39

    Ilon Mask O‘zbekistonga kelishi mumkin

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.