“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer ushbu haftada maydonga qaytishi mumkin.
Germaniyalik posbon 2022-yilning dekabr oyida jiddiy jarohat olgan va shundan buyon maydonga tushmagandi.
Myunxen klubi shifokorlari 37 yoshli kiperga ruxsat berdi. Endi qaror bosh murabbiy Tomas Tuxelda qolmoqda.
Tuxel 21-oktabr kuni “Mayns”ga qarshi bahsda Noyerni maydonga tushirishi mumkin.
Izoh (0)