Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Rodri 2023-yilgi “Oltin to‘p”ni kim olishi haqida gapirib o‘tdi.
“Ushbu sovringa nomzodim qo‘yilgan yagona ispanman. Bilaman, individual sovrin ham muhim.
Menimcha, joriy yil “Oltin to‘p”ni aniq Lionel Messi oladi. Holand ham asosiy figuralardan, lekin Leoda ustunlik mavjud”, — deydi “shaharliklar” futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, Rodri Erling Holand bilan birga “Manchester Siti”da to‘p suradi. Joriy mavsum Rodri APLda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Avvalroq, Diario Sport nashri 2023-yilgi “Oltin to‘p” sovrini argentinalik futbolchiga nasib etishi haqida xabar qilgandi.
Izoh (0)