Xitoy raisi Si Szinpin taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Pekin shahriga yetib bordi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Shoudu” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Xitoy favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif doirasida 17—18-oktyabr kunlari Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston yetakchisi “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etadi va yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.
Izoh (0)